Samarqandda hokim o‘rinbosarlari to‘yda majlis o‘tkazdi(mi)?!

Samarqandda hokim o‘rinbosarlari to‘yda majlis o‘tkazdi(mi)?!

Samarqand viloyat hokim o‘rinbosari Gavhar Alimova hamda Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova Oliy Majlisning to‘y-hashamlar borasidagi qarori qonunan kuchga kirgunga qadar ham to‘ylarni dabdabasiz, ixcham o‘tkazish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borish uchun Samarqand shahridagi to‘ylardan biriga tashrif buyurishdi. Bu haqida Samarqand shahar hokimligi rasmiy saytda xabar berildi.

«Hokim o‘rinbosarlari to‘yda kuzatilgan kamchilik va muammolar bilan tanishdi, ular bo‘yicha xulosa qildi», — deyiladi rasmiy xabarda. Ammo qanaqa muammolar va kamchiliklar ekanligi ochiqlanmagan.

Hokim o‘rinbosarlarikelin-kuyovga tabriknoma va kitoblar sovg‘a qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!