Samarqandda bir yildan buyon bedarak yo‘qolgan bola topildi

Samarqandda bir yildan buyon bedarak yo‘qolgan bola topildi

2022 yil 25 fevral kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Chaqar” mahallasida yashovchi, voyaga yetmagan, 2005-yilda tug‘ilgan B.Turg‘unov yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolganligi bo‘yicha yaqin qarindoshlari ariza bilan murojaat qilishgan edi.

Holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari olib borilayotgan edi.

2023 yil 27 mart kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB profilaktika katta inspektori mayor A.Bobonazarov o‘zining xizmat hududi bo‘lgan Samarqand shahar Yangiqo‘rgon mahallasida profilaktik tadbirlarni o‘tkazayotgan vaqtida ushbu voyaga yetmagan bola mahalla hududida yurganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Ishtixon tumani IIB xodimlariga topshirildi.

Hozirda bolani uyidan chiqib ketganlik sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!