Samarqandda bankomatdan 720 million so‘mni "uxlatib" ketganlar ushlandi

Samarqandda bankomatdan 720 million so‘mni "uxlatib" ketganlar ushlandi

2023 yil 25 yanvar kuni E.T. "102" qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilib, Kattaqo‘rg‘on tumani “A.Navoiy” MFY “A.Navoiy” ko‘chasida o‘rnatilgan bankomat shoxobchasidan noma’lum shaxslar tomonidan bir dona bankomat qurilmasi ichida bo‘lgan 720.000.000 so‘m miqdordagi pullari bilan o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Kattaqo‘rg‘on tuman “Tavaron” mahallasi hududidagi tashlandiq joydan o‘g‘irlangan bankomat apparati bo‘laklarga bo‘lingan holda topilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni qidirib topish bo‘yicha olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni 1995-y.t. B.A., 1998-y.t. O.Z., 1994-y.t. B.N. va 1994-y.t. X.O.lar sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxslar qo‘lga olinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!