Samarqandda 45 yoshli ayol o‘z erini qasddan o‘ldirdi

Samarqandda 45 yoshli ayol o‘z erini qasddan o‘ldirdi

Samarqand shahrining Gasparali ko‘chasida yashovchi 45 yoshli ayol A.O. norasmiy turmush o‘rtog‘i 48 yoshli S.M. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng orqa yelka qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, voqea 8 noyabr kuni soat 12:00 larda sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayol qo‘lga olingan bo‘lib, sud qaroriga ko‘ra 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdam mahrum etilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!