Samarqandda 10 ming dollarlik “savdo” pishmadi

Samarqandda 10 ming dollarlik “savdo” pishmadi

Samarqand tumanida 1 gektar yerni 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Qayd etilishicha, fuqaro F.M. tadbirkor A.ga o‘zini hokimlik idoralarida ishlashini aytib, tuman hududidan ishlab chiqarish sexi qurish uchun 1 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, F.M. tadbirkor A. ning 10 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. "Ish" bitmagach, F.M. 5 ming AQSh dollarini o‘z ixtiyori bilan qaytargan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!