Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi

Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi

Samarqand xalqaro aeroporti hududida turizm axborot markazi o‘z ishini boshladi.

Axborot markazida chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, turistlar uchun qiziqarli bo‘lgan madaniy meros obektlari, turistik yo‘nalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Markazning ochilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-455-son Qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Qayd etish joizki, Samarqand shahrida o‘tgan yili 9 ta turistik axborot markazi o‘z ishini boshlagan bo‘lib, joriy yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!