Samarqand viloyatida yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Samarqand viloyatida yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida qurilgan, quvvati 100 megavattga teng bo‘lgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasi bugun, 24 may kuni O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

Faktlar:

➖ ushbu elektr stansiya yiliga 260 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqarib, 80 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi;

➖ stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilarning chiqishi oldi olinadi;

➖ ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan respublikadagi mavjud barcha aholi xonadonlarini o‘n kun davomida tabiiy gaz bilan ta’minlash mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!