Samarqand viloyati Urgut shahrida yo‘qolgan 10 yoshli qizcha qidirilmoqda

Samarqand viloyati Urgut shahrida yo‘qolgan 10 yoshli qizcha qidirilmoqda

Samarqand viloyati  Urgut shahar Do‘stlik mahallasida yashagan 18.05.2009 yilda tug‘ilgan Namozova Dilnura Isomiddin qizi bedarak yo‘qolganligi sababli, qidirilmoqda. Bu haqda  Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xabar beradi.

Alohida belgilari: Bo‘yi taxminan 140-145 sm, yuzi yumaloq ko‘zi qora, qisiq, egnida qizil gulli ko‘ylak, oyog‘ida jigarrang shippak, qo‘lida jigarrang maktab sumkasi bo‘lgan.

Ushbu bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan shaxs bo‘yicha biror-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz Urgut tumani bo‘yicha IIO FMBning (66) 240-14-55, (97) 928-50-04 raqamli «Ishonch» telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi.

Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!