Samarqand viloyati prokuraturasi Kattaqo‘rg‘onda sodir bo‘lgan qotillik yuzasidan ma’lumot berdi

Samarqand viloyati prokuraturasi Kattaqo‘rg‘onda sodir bo‘lgan qotillik yuzasidan ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani «Elmurod Qurbonov» fermerlar uyushmasi «Kiymado‘z» qishlog‘ida mudhish qotillik ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

08.05.2022 yilda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Nayman” mahallasi, Qo‘ymaduz qishlog‘ida qotillik jinoyati sodir etilgan.

Sud tibbiy ekspertining 2022 yil 08 may kunidagi ma’lumotnomasida, marhum F.Qning tanasida, ya’ni o‘ng yelka bug‘imi, o‘ng tirsak bug‘imi, o‘ng tizza bug‘imi sohasida, hamda ko‘krak qafasi chap tomonida shilinmalari, ko‘krak qafasi orqa yuzasida sanchilib kesilgan yaralari, ko‘krak qafasi orqa yuzasi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tib, ikkala o‘pkani jarohatlovchi sanchilib kesilgan yaralari bo‘lib, marhumning o‘limi ichki va tashqi qon ketishdan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar fuqarolar gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!