Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligi bilan bog‘liq savollar, aniqrog‘i har xil mish-mishlar ikki haftadan beri tingan emas. Odamlarimiz shunchalik sensasiyaga o‘chmi yoki amaldor salomatligi haqidagi ma’lumotlar ochiq bo‘lishi kerakmi?
11 yanvar kun yarmiga borib Samarqandda viloyat hokimi haqida har xil gap-so‘zlar tarqala boshladi. Faqat bir kecha-kunduz o‘tgandan so‘ng viloyat hokimligi axborot xizmati Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli ta’tilga chiqqani haqida xabar tarqatdi.
Ammo ushbu xabardan keyin ham mish-mishlar davom etaverdi. Kaminaga murojaat qilgan kasbdoshlar vaziyatga oydinlik kiritish uchun nimadir qilish zarurligini so‘rashardi. Jumladan, Rost24.uz axborot saytidan quyidagi mazmunda xat oldim: “Hozir Erkinjon Turdimovni ayrimlar kasal, infarkt bo‘ldi deyishayapti, yana ayrimlar korrupsiyaga aralashgan degan gap-so‘zlarga ishonmoqda, ulardan intervyu olishingiz mumkinmi?”
Shu zahoti ushbu taklifni viloyat hokimligi matbuot xizmatining telegram messenjeridagi kanaliga jo‘natdim. Bir sutkadan so‘ng olgan javobimda hokimning ahvoli yaxshiligi va 27 yanvarda davolanish kursi tugashi yozilgan edi.
Bu gapda jon borligini va ko‘chadagi gaplar kimlarnidir o‘ydirmasi ekanini hokimlikdagi boshqa manba ham tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, ahvol infark yoki insultgacha yetib bormagan. Lekin agar hokimning tobi qochishi bilan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmaganda va u yana bir necha kun ishni davom ettirganida, ahvol jiddiylashishi mumkin bo‘lgan.
E.Turdimov infark yoki insultga chalinmaganining yana bir isboti sifatida quyidagi fakt keltirilmoqda. Agar kasallik shu darajada yetganida, bemorni Toshkentga olib borish imkonsiz edi.
Samarqand viloyat hokimining ahvoli qoniqarli ekanligi va boshqalar bilan gaplashayotganligi haqida bugun yana bir dalilni eshitdim. 26 yanvar bojxona xodimlari kunida yangi joyda qurilgan “Samarqand” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov to‘planganlarga “bugun hokimimiz E.Turdimov bilan gaplashdim. U kishi sizlarga salom va tabriklarini yetkazishimni so‘radilar” dedi.
Demak, ko‘chadagi gap-so‘zlar faqat mish-mish. Lekin buncha gap qayerdan paydo bo‘ldi?
“Toshkentga boshqa maqsadda olib ketilgan” yoki “allaqachon xorijga ketib qolgan” kabi turli-tuman so‘zlar kelib chiqmasligi uchun siyosiy rahbarlar, katta amaldorlarning turmushi va sog‘ligi bilan bog‘liq axborotni o‘z vaqtida aholiga yetkazish masalaga eski, sho‘rochasiga emas, yangi, ilg‘or demokratik davlatlarda qabul qilingan tartib asosida yondoshish kerakligi shundaygina namoyon bo‘lmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda soliq to‘lovchi unga rahbarlik qilayotgan, xalqni boshqarayotgan shaxsning salomatligi haqida xabardor bo‘lishi shart degan aqida hukmron. Katta amaldor davolanayotgan shifoxona eshigi oldida jurnalistlarning ma’lumot olish ilinjida kechayu kunduz navbatchilik qilishida ana shunday ma’no bor. Mavjud ahvoldan kunma-kun, soatma-soat xabardor bo‘lib turgan aholi orasida vahima va turli mish-mishlar tarqalmaydi. Siyosatchilar, turli amaldorlar hayoti haqida xabardor bo‘lishga intilish u mamlakatlarda shaxsiy hayotga daxl etish deb tushunilmaydi. Chunki ularda amaldor oddiy fuqarodan farqli o‘laroq, soliq to‘lovchilar hisobidan xalqqa xizmat qilish uchun mansab kursisida o‘tiribdi, deb hisoblanadi.
Erkinjon Turdimov bilan bog‘liq hodisadan mutasaddilar to‘g‘ri xulosa chiqaradilar va bizda ham bundan keyin hokim yoki boshqaruv tizimida ma’lum mavqega ega shaxs bilan yuzaga kelgan vaziyat hiqida aholini o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor qilish tizimiga o‘tiladi degan umiddamiz.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.
Эрон томони Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси орқали Дональд Трампга кескин мурожаат қилди. Унга кўра, Эронга қарши ҳар қандай таҳдидлар ҳам уруш ҳаракати сифатида баҳоланиши мумкин.
Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.
Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.
Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.
Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.
Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.
АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.