Samarqand shahrida tadbirkorning 231 mln so‘mlik mahsulotini o‘zlashtirgan sobiq operator aniqlandi

Samarqand shahrida tadbirkorning 231 mln so‘mlik mahsulotini o‘zlashtirgan sobiq operator aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.G. “R.n.” MCHJning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasining katta operatori vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 231 mln so‘mlik dizel va benzin yoqilg‘isini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!