Salim Abduvaliyevdan Ochilboy Ramatovgacha: O‘zbekistonda sportni kim nazorat qiladi?

Salim Abduvaliyevdan Ochilboy Ramatovgacha: O‘zbekistonda sportni kim nazorat qiladi?

Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida sport federasiyalari faoliyat ko‘rsatadi. Qizig‘i shundaki, ko‘plab federasiyalarga amaldorlar va siyosatchilar rahbarlik qilmoqda. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va transport vaziri Ochilbay Ramatov boks federasiyasi raisi hisoblanadi. U O‘zbekiston futbol assosiasiyasini ham boshqaradi.

Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva velosiped sportini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev regbi federasiyasiga boshchilik qiladi.

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov mamlakatda basketbol rivoji uchun mas’uldir.

Milliy xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Rustam Inoyatov tennis federasiyasi prezidenti sanaladi.

Voleybol federasiyasini O‘ztransgaz boshqaruvi sobiq raisi Alisher Mustafoyev boshqarmoqda.

Og‘ir atletikachilar esa bosh vazir sobiq o‘rinbosari Botir Zokirov tomonidan nazorat qilinadi.

Afsuski, O‘zbekistonda sport sohasida biznes vakillarini juda kam uchratish mumkin. O‘z navbatida, mablag‘ ham kam. Ko‘pgina mamlakatlarda davlat xizmatchilari emas, balki tadbirkorlar sportni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Tadbirkorlar pul mablag‘larini ajratadi, musobaqalarga homiylik qiladi va hokazo.

Masalan, AQShda sport uchun javob beradigan vazirlik yo‘q, Milliy olimpiya qo‘mitasi esa byudjet pulining bir sentini ham olmaydi. Olimpiya qo‘mitasiga mablag‘larni homiylar va TV beradi, ammo bu mablag‘lar barcha xarajatlarni qoplamaydi. Shuning uchun, AQShda ko‘plab sportchilar ba’zan oddiy odamlarga turli xil internet-saytlar va homiylik dasturlari orqali moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishadi. Xususan, skeleton bo‘yicha jahon chempioni Keti Ulander bir vaqtlar parvozlar, muz, uy-joy ijarasi va tig‘lar xarid qilish uchun 6,5 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni sayt orqali to‘plagan.

O‘zbekiston sporti haqida to‘xtalar ekanmiz, taniqli ishbilarmon Salim Abduvaliyev sport kurashlari assosiasiyasini boshqaradi.

Yaqinda tadbirkor Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining yangi rahbariga aylandi.

Joriy yilning 13 fevral kuni milliarder Fattoh Shodiyevning jiyani O‘zbekiston xokkey federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.

Shunga qaramay, ko‘pgina mamlakatlarda siyosatchilar va amaldorlar emas, balki aynan tadbirkorlar hamda homiylar sportni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!