Saida Mirziyoyeva: Men doim gender zo‘ravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman

Saida Mirziyoyeva: Men doim gender zo‘ravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman

Prezident administrasiyasining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan oilalardagi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida oilalardagi zo‘ravonlikni kriminallashtirish va bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan, hozirda Oliy Majlis muhokamasida bo‘lgan tegishli qonun loyihasi borasida o‘zaro fikr almashilgan. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva vakilga oilaviy zo‘ravonlikning oqibatlari emas, aksincha sabablari bilan kurashish zarurligi borasidagi mulohazalari bilan bo‘lishgan.

Uchrashuvda, shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish rejalari ham muhokama qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!