Sahar vaqti istig‘for ayting

Sahar vaqti istig‘for ayting

(Ular) sabrli, sadoqatli, itoatli, saxovatli va sahar chog‘larida (Allohdan) mag‘firat so‘raydigan kishilar edi (Oli Imron surasi, 17-oyat).

(Ular) sabrli... . Mo‘min banda mashaqqatlarga sabr qiladi. Allohning hukmiga rozi bo‘ladi. Imom Qurtubiy oyatda kelgan sabr haqida: Gunoh va mas’iyatlardan tiyilishda sabr qilish , desa, ba’zilar: Itoatda sabrli bo‘lish deydi.

...sadoqatli... . Sadoqatli kishilar imonda mustaqim turuvchilar, dinda sobit qadam bo‘luvchilar. Ularning sodiqligi aytayotgan so‘z va bajarayotgan amalida namoyon bo‘ladi.

...itoatli... . Doimo Allohga ibodatda bo‘lish, yolg‘iz O‘zigagina iltijo qilish dinning mag‘izi va ruhidir.

...saxovatli... . Alloh uchun infoq-ehson qiluvchilar, odamlarga mehr-muruvvat ko‘rsatuvchilar, hadya ulashuvchi saxovatpeshalar.

Alloh taolo sabrli, rostgo‘y, itoatkor, saxovatli bandalarini birma-bir zikr etib, saharda istig‘for aytuvchilarni alohida madh etadi: ...sahar chog‘larida (Allohdan) mag‘firat so‘raydigan kishilar edi .

Tun qorong‘u kechasining tong yog‘dusining ilk nurlari bilan uyg‘unlashgan lahza sahar vaqtidir. Bu payt duo qabul bo‘ladigan ulug‘ fursatdir. Luqmoni Hakim o‘g‘liga qilgan nasihatlaridan birida: Ey o‘g‘lim, xo‘roz sendan chaqqonlik qilib, sahar chog‘ida sen uyg‘onmay turib qichqirmasin , degan ekan (Abul Barokot Nasafiy. Madorikul tanzil va haqoiqul ta’vil).

Yaqub (alayhissalom)ga farzandlari: Ey, ota, (Allohdan) bizlarning gunohlarimizni mag‘firat qilishini so‘rang! Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo‘lgan ekanmiz (Yusuf surasi, 97-oyat) deyishganda, Yaqub (alayhissalom): Albatta, Rabbimdan sizlarni mag‘firat qilishini so‘rayman. Albatta, U G‘afur (mag‘firatli) va Rahim (rahmli)dir (Yusuf surasi, 98-oyat) deb istig‘for aytishni sahar vaqtiga qoldirganlar (Tafsirul Qurtubiy, Tafsir ibn Kasir).

Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhu) kechani ibodat bilan o‘tkazardi. Nofe’ (rahmatullohi alayh)dan sahar vaqti bo‘ldi-mi? deb so‘rardi. Agar ha degan javobni olsa, tonggacha duo va istig‘for bilan mashg‘ul bo‘lardi (Ibn Abu Xotim rivoyati).

Ibn Jarir (rahmatullohi alayh) Ibrohim ibn Hatib (rahimahulloh)dan rivoyat qiladi: Saharda masjid yaqinida bir mo‘minning istig‘for aytaturib: Allohim buyurding, itoat etdim. Gunohlarimni kechir deyayotganini ko‘rdim .

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) ...sahar chog‘larida (Allohdan) mag‘firat so‘raydigan kishilar ni Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rab istig‘for aytuvchilar deb tavsiflasa, Qatoda (roziyallohu anhu): Ular sahar vaqtida namoz o‘quvchilar , degan (Tafsirul Qurtubiy).

Alloh taolo boshqa oyatda jannatdagi taqvodor bandalarining sifatini keltirganida ham saharda istig‘for aytuvchilarni alohida vasf etadi: (Ular) tunning ozgina (qismidagina) uxlar edilar. Saharlarda ular (Allohdan) mag‘firat so‘rar edilar (Zoriyot surasi, 17-18 oyatlar).

Nabiy (alayhissalom) qudsiy hadislarning birida: Albatta, Alloh taolo har kuni kechaning uchdan biri qolganda dunyo osmoniga tushadi va tong otguncha Tavba qiluvchi bormi? Tavbasini qabul qilaman, istig‘for aytuvchi bormi? Mag‘firat qilib, gunohini kechaman? So‘rovchi bormi, so‘raganini beraman , deydi , deganlar.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Jabroil (alayhissalom)dan: Kechaning duo qilish uchun maqbul va duolar tez ijobat bo‘ladigan eng afzal vaqti qaysi? deb so‘radilar. Shunda Jabroil (alayhissalom): Sahar vaqtidan boshqa paytlarda Arshning larzaga kelganini ko‘rmadim , dedi (Tafsirul Munir).

Sayyidul istig‘for deb nomlangan ushbu duo eng afzal istig‘for kalimlaridan hisoblanadi: Allohumma anta Robbiy laa ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ’abduka va ana ’ala ahdika va va’dika mastato’tu. A’uzu bika min sharri ma sona’tu, abuu laka bi ne’matika alayya va abuu bizambiy fag‘firliy zunubiy fainnahu laa yag‘firuz-zunuba illa anta birohmatika ya Arhamar Rohimiyn (Allohim! Sen mening Robbimsan. Sendan boshqa iloh yo‘q, faqatgina Sen borsan. Meni Sen yaratding. Shubhasiz, men Sening bandangman. Kuchim yetgani qadar Senga bergan so‘zimda turishga harakat qilyapman. Yo Robbiy, qilayotgan gunohlarimdan Sendan panoh tilayman. Menga lutf etgan ne’matlaringni e’tirof qilaman. Gunohlarimni ham e’tirof etaman. Yo Robbiy! Meni mag‘firat et. Zero, Sendan boshqa meni mag‘firat qiladigan iloh yo‘q).

Bu istig‘for haqida Rasululloh (sollalohu alayhi va sallam): Har kim ixlos bilan, savob va fazilatiga ishongan holda, bu duoni ertalab o‘qib, oqshomga yetmay vafot etsa, jannatga kiradi. Agar savob va fazilatiga ishongan holda ixlos bilan oqshom o‘qib, tongga yetmay vafot etsa, u ham jannat ahlidandir , dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Saharda istig‘for aytish nafaqat gunohlardan forig‘ bo‘lish, balki qut-barakaga ham noil etadi. Chunki Nabiy (alayhissalom): Saharda turinglar, chunki saharda baraka bordir , deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Alloh taolo gunohlarimizni mag‘firat etadigan, ustimizga fayzu baraka yog‘iladigan qulay fursat sahar vaqtini g‘animat bilib, uning fazilatidan to‘liq bahramand bo‘lishga intilaylik. Bunda Alloh taolo barchamizga tavfiq ato etsin.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Яқин кунларда оғирлиги қарийб ярим тонна бўлган совет планеталараро космик аппарати Ерга қулайдиган бўлди.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

Fransuz qiruvchi samolyotlari Xitoy raketalari qarshisida ojiz qoldi

Покистон ташқи ишлар вазири парламент брифингида маълум қилишича, Франциянинг Rafale самолётларини уриб туширган қирувчилар Хитойнинг такомиллаштирилган PL-15 ракеталари билан жиҳозланган J-10C самолётлари бўлган.

Shahboz Sharif Pokistonning g‘alabasini e’lon qildi

Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.

Moskva yana hujum ostida

Россия пойтахти мери Сергей Собянин маълум қилишича, ҳаво мудофаа тизимлари Москвага яқинлашаётган яна бир учувчисиз аппаратни йўқ қилди.

Putin Ukrainadagi urush sababini Bolgariya va Ruminiyaga yuklamoqda

Россия президенти ўз ҳокимиятининг 25 йиллигига бағишланган ҳужжатли фильмда НАТОнинг Руминия ва Болгариядаги Америка ҳарбий базалари мавжудлиги Украинадаги урушга сабаб бўлганини таъкидлади.

"Men bu yerda o‘z xalqim va mamlakatim uchun kurashish maqsadida turibman"

"Европа Иттифоқига келсак, мен ишончим комилки, Сербия Европа йўлида қолади. Агар кимнидир жазоламоқчи бўлсалар, мени жазолашсин", — дея қўшимча қилди сиёсатчи.

Namanganda advokatga soqol sababli tahdid qilindi

Наманганда адвокат Б.Болтаевга нисбатан ички ишлар ходими томонидан таҳдид ва босим бўлгани ижтимоий тармоқларда муҳокама марказига айланди, деб ёзмоқда инсон ҳуқуқлари "Эзгулик" жамиятидан З.Мирзахмедов.

Surxondaryoda 633 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари томонидан терговга қадар текширув ишлари олиб борилмоқда.

Garvard AQSh ta’lim vazirining xatosi to‘la maktubiga munosabat bildirdi

Шундан сўнг университет маъмурияти расмий жавоб ўрнига хатни имло ва пунктуация хатолари тузатилган ҳолда вазирга қайтарди.

Parijda avtomobil futbol muxlislariga borib urildi

Ҳодиса нима сабабдан содир бўлгани ҳозирча номаълум.

Telegram’da PUBG akkauntlarini sotishni reklama qilgan fuqaro ushlandi

Маълум қилинишича, оҳангаронлик 20 ёшли йигит ҳудудий ички ишлар бўлимига мурожаат қилиб, Telegram орқали аккаунт сотиб олиш мақсадида номаълум шахснинг банк картасига 9 млн сўм пул ўтказганини айтган.

Hindistonning Pokistonga havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi

Эслатиб ўтамиз, Покистон Ҳиндистоннинг тинч қишлоқлар ва масжидларга берган зарбалари натижасида 26 киши ҳалок бўлганини даъво қилган эди.

Sky News: Sikstin kapellasidan qora tutun ko‘tarildi

Сикстин капелласи мўрисидан чиққан оқ тутун ва қўнғироқлар жаранглаши янги Рим папаси сайланганини билдиради.

Tramp Rossiyaga havas qilardi

Америкалик собиқ разведка ходими Скотт Риттер Х ижтимоий тармоғида АҚШ президенти Доналд Трампни Россияга ҳасад қилишда ва мамлакат Ғалаба кунини нишонлашга эътибор қаратаётганликда айблади.

AQSh 2025 yil may oyida yangi yadroviy bomba chiqarilishini e’lon qildi

АҚШ 2025 йил май ойида энг янги Б61-13 термоядровий бомбасининг биринчи намуналарини чиқаришни кутмоқда, деди Энергетика департаменти қошидаги Миллий ядро хавфсизлиги бошқармаси директори вазифасини бажарувчи Тереза Роббинс, унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .

OAV: Suriya Isroil bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda

Сурия ва Исроил Бирлашган Араб Амирликлари (БАА) томонидан ташкил этилган алоқа канали ёрдамида билвосита музокаралар олиб бормоқда. Бу ҳақда манбаларга таяниб, Reuters хабар берди.

NASA yaqin orada Marsga raketa uchirmoqchi

Миллий Аэронавтика ва Коинот Бошқармаси (NASA) яқин орада Марсга ракеталарни юбориш имкониятларини кўриб чиқмоқда.

G‘azo uchun jang tugamaydi — Husiylar Isroil kemalariga hujumni davom ettiradi

Ҳусийлар АҚШнинг ўт очишни тўхтатиш ҳақидаги қарорига қарамай, Қизил денгиздаги Исроил кемаларига ҳужумларини давом эттиради.

Erdo‘g‘an Turkiyaning Pokiston bilan birdamligini e’lon qildi

Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон ва Покистон Бош вазири Шаҳбоз Шариф ўртасида телефон орқали мулоқот бўлиб ўтди.

Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi - Oq uy

Эълон қилинган ҳужжатда Трамп таъкидлашича, америкалик аскарларнинг қурбонлиги бўлмаганда "бу урушда ғалаба қозонилмас ва бугунги дунёмиз бутунлай бошқача кўринишда бўларди."

Dronlar hujumi tufayli Rossiya aeroportlari vaqtinchalik yopildi, ko‘lab reyslar kechiktirildi

“Аэрофлот” 7 май куни Москвадан учадиган 52 та рейсни ва Москвага йўналган яна 54 та рейсни бекор қилди, бу ҳақда компаниянинг онлайн таблосида эълон қилинди.

Hindiston “Sindur” operasiyasi orqali pokistonlik jangarilarning yangi terror hujumlarini oldini oldi

NDTV'нинг хабар беришича, Ҳиндистон “Синдур” операцияси доирасида 25 дақиқа ичида Покистондаги нишонларга 24 та ракета учирган.

AQSh Qizil dengizda ikkita qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

АҚШ Денгиз кучлари маълумотига кўра, барча экипаж аъзолари қутқарилган, бир денгизчи жароҳат олган.

Pokiston mudofaa kuchlari Hindistonning beshta qiruvchi samolyotini urib tushirdi

Хавфсизлик кучларидаги манбаларининг даъво қилишича, гап уч нафар Rafale қирувчи самолёти, битта МиГ-29 ва битта Су-30 қирувчиси ҳақида кетмоқда

Tramp Ukrainaga yordamni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdimi?

Хабар қилинишича, АҚШ президенти Хегсетнинг буйруғидан бехабар бўлган.

Evropa Ittifoqi Isroilning G‘azodagi yangi operasiyasini qoralaydi

Европа Иттифоқи Исроилнинг Ғазодаги ҳарбий амалиётини кенгайтириш режаларидан хавотир билдирди, бироқ Исроил расмийларига босим ўтказиш эҳтимоли ҳақида изоҳ бермади.