Saakashvilining davlat hisobidan parvozlari bilan bog‘liq hujjatlar maxfiylikdan chiqariladi

Gruziya Mudofaa vazirligi sobiq prezident Mixail Saakashvilining davlat hisobidan parvozlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni maxfiylikdan chiqaradi.
Bir muddat avval muxolifatdagi “Birlashgan milliy harakat” partiyasi bosh vazir Irakliy Gariboshviliga qarshi shaxsiy xorijiy safarlari chog‘ida byudjet mablag‘larini o‘g‘irlash holatlari yuzasidan tergov boshlash iltimosi bilan prokuraturaga murojaat qilgan edi.
“Mudofaa vazirligi sobiq prezidentning havo safari bilan bog‘liq hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish jarayonini boshladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, gap 2010-2012 yillarda Mudofaa vazirligi va “Gruziya havo yo‘llari” o‘rtasida tuzilgan hujjatlar haqida ketmoqda. Qolaversa, 2012-yilda “Gruziya orzusi” partiyasi hokimiyatga kelgach, ikki kelishuvning maxfiyligi olib tashlandi.