Ro‘zador burunni ochadigan dori ishlatsa bo‘ladimi?

Ro‘zador burunni ochadigan dori ishlatsa bo‘ladimi?

- Assalomu alaykum! Ro‘za tutish bo‘yicha savolim bor edi. Allergik rinitim borligi uchun ba’zan burnim bitib, nafas olishim qiyin bo‘ladi. Shunday paytda tomchi yoki sprey dori ishlatib, burnimni ochaman. Ro‘za tutgan paytimda shunaqa dorilarni ishlatsam, bo‘ladimi, ya’ni ro‘zam buzilmaydimi?

- Vaalaykum assalom.

Abduvohid Muhammad Azim o‘g‘li tarjima qilgan "Almuftirotul muosira" kitobida shunday deyiladi: Nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori:

Mazkur dori suyuq bo‘lib, uch unsurdan tarkib topgan: suv, kislorod va ba’zi tibbiy moddalar.

Ushbu dori ro‘zani ochadimi yo‘qmi?

Yangi asr olimlari bu borada turlicha fikr yuritadilar:

1.U ro‘zani ochmaydi. Bu ko‘pchilik olimlarning so‘zlari hamda doimiy fatvo qo‘mitasining fatvosidir.

A) chunki, ro‘zador uchun og‘iz va burun chayqash mumkin va bunga barcha ijmo’ qilgan. Ma’lumki, og‘iz chayqashdan so‘ng ma’lum miqdordagi suv og‘izda qolib ketadi va mazkur suv qoldig‘i so‘lakni yutish orqali oshqozonga kirib boradi.

B) huddi shu kabi nafasni qisishga qarshi purkagichdan sepilgan dori ham avval o‘pka so‘ng oshqozonga yetib boradi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi. Shunga ko‘ra uni ham og‘iz chayqalgandan so‘ng qolib ketgan suvga qiyoslanadi.

Bunga sabab, bir kichik purkagich ichida 10 mg. suyuqlik bo‘lib, u 200 marta sepishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bir marta sepilganda esa, 05 mg. suyuqlik ajrab chiqadi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi.

V) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas balki unda gumon bor.

Shunga ko‘ra ro‘za buzilmaydi chunki fiqhiy qoidaga ko‘ra, aniq bor narsa gumon bilan yo‘q bo‘lmaydi

G) bu yeyish va ichishga kirmaydi balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi

D) tabiblar misvokda sakkiz xil kimyoviy moddalar mavjudligini bayon qilganlar. Hol buki ro‘zadorga misvok ishlatish mutlaq ya’ni kunduzi ham joizdir va shaksiz misvokdagi kimyoviy moddalar oshqozonga yetib boradi. Demak, purkagichdan sepilgan dori misvokdan ajrab chiqqan moddalar kabi ro‘zaga zarar bermaydi.

Ikkinchi fikrga ko‘ra: ro‘zador mazkur dorini iste’mol etishi mumkin emas. Agar o‘ziga boshqa chora topolmasa ushbu dorini sepadi va keyinchalik sog‘ayib ketganidan keyin bir kuniga bir kundan qazo tutib beradi.

Mazkur fikr egalarining dalillari: ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.

Ikkinchi fikrga qarshi javob: agar mazkur suyuqlikning oshqozonga yetib borishiga taslim bo‘linsa-da, ushbu miqdor yuqorida ta’kidlaganimiz kabi juda ham kamdir va uning hukmi og‘iz chayqalgandan keyin qolib ketgan suvniki bilan bir xil bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, birinchi fikrni olimlar ikkinchisidan ustun qo‘yganlar va ro‘zani ochilmasligiga hukm qilganlar.

Alloh yanada biluvchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!