Ruminiyada 240 ming gektardan ortiq yer qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rdi

Ruminiyada 240 ming gektardan ortiq yer qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rdi

Ruminiyada qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rgan qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 242,958 gektarga yetdi.

Bu haqda Ruminiya qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi vazirligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qurg‘oqchilik mamlakatning 41 okrugidan 30 tasiga tarqaldi.

Shuningdek, Ruminiyaning ko‘plab hududlarida havo harorati +40 ℃ ga yetgani, bir necha oy davomida yomg‘ir yog‘magani ma’lum qilingan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik natijasida bug‘doy, tritikale (bug‘doy va javdar gibrid), suli, javdar, makkajo‘xori, kungaboqar va boshqa ekinlar yonib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!