Ruminiya Yevropa Ittifoqini Rossiya gazidan butunlay voz kechishga chaqirdi

Ruminiya Yevropa Ittifoqini Rossiya gazidan butunlay voz kechishga chaqirdi

Ruminiya Bosh vaziri Marsel Cholaku Yevropa Ittifoqi davlatlarini Buxarest misolida rus gazi va boshqa mahsulotlarni xarid qilishdan butunlay voz kechishga chaqirdi.

Bu haqda “Der Standart” nashri xabar bermoqda.

Bosh vazir bunday qadamning muhimligini ta’kidladi: “Biz yo‘qotgan narsalar, ya’ni qulaylik va bugungi kunda dunyoda ro‘y berayotgan narsalar o‘rtasida katta farq bor”. Cholaku, rus gazining Avstriyaga yetkazilishining davom etishini ham qo‘llab-quvvatlamadi.

“O‘ylashimcha, gaz narxi ma’lum muddatga qimmatroq bo‘lsa ham, YEI Rossiya gazidan to‘liq mustaqillikka tayyorlanmoqda”, — deya xulosa qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!