Ruminiya YEI va O‘zbekiston munosabatini rivojlantirish tarafdori

Ruminiya YEI va O‘zbekiston munosabatini rivojlantirish tarafdori

Toshkentda Ruminiya milliy kuni munosabati bilan ushbu davlatning mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan qabul marosimi tashkil etildi.

Tantanali tadbirda hukumatimiz, diplomatik korpus a’zolari, ishbilarmon doira vakillari, madaniyat arboblari ishtirok etdi.

Elchi Daniel Kristian Chobanu Milliy bayram butun dunyodagi ruminlar uchun juda muhim voqea ekanini ta’kidladi.

– Ruminiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, – janob Chobanu. – Biz ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan faol siyosiy, diplomatik muloqotni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ruminiya O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohot va modernizasiya jarayonini yuksak qadrlaydi va ma’qullaydi. Bu islohotlar ikki tomonlama hamkorlik uchun yangi istiqbol ochadi, imkoniyatni kengaytirdi.

Marosimda Ruminiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligi keyingi yillarda jadal rivojlanayotgani e’tirof etildi. Ruminiya Konstansa portini rivojlantirish va Qora dengiz – Kaspiy dengizi xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratyapti. Bu yo‘l strategik ahamiyatga ega. Ushbu loyiha amalga oshirilishi O‘zbekiston uchun juda foydali bo‘lib, savdo aylanmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Chobanu mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligiga Ruminiya elchixonasi tomonidan joriy yil turli hamkorlar bilan birga tashkil etilgan ko‘plab ommaviy, madaniy diplomatiya tadbirlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

– Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat sifatida Ruminiya YEI va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatni rivojlantirish tarafdori sifatidagi qarashiga sodiq qoladi, – dedi elchi Chobanu.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!