Rostovda garovga olingan soqchilar ozod qilindi

Rostovda garovga olingan soqchilar ozod qilindi

Rossiyaning Rostov shahridagi tergov izolatorida mahbuslar tomonidan garovga olingan soqchilar ozod qilingan.

Shturm chog‘ida terrorchilikda ayblanib saqlanayotgan mahbuslar otib o‘ldirilgan. Ularning 3 nafari bevosita shturm chog‘ida, yana 3 nafari tez yordam mashinasi yetib kelguncha halok bo‘lgan.

Avvalroq Rostovda olti nafar sudlanuvchi tergov izolyatoridagi kameradagi panjarani buzib, izolyatorning ikki nafar xodimini garovga olgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar o‘zlarining ISHIDga aloqador ekanliklarini e’lon qilishgan.

Rostov viloyatidagi 1-sonli tergov izolyatorida asirlarning garovga olinishi munosabati bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning barcha xodimlari shay holatga keltirildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!