Rossiyaning sobiq gubernatorining o‘g‘liga qochishga kim yordam berdi?

Rossiyaning sobiq gubernatorining o‘g‘liga qochishga kim yordam berdi?

Serbiya jinoiy guruhi Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi sobiq gubernatori Aleksandr Ussning o‘g‘li Artyom Ussga u AQShga ekstradisiya qilinishini kutayotgan Italiyani tark etishga yordam berdi, deb yozadi WSJ o‘z manbasiga tayanib .

Nashr manbasiga ko‘ra, qochish jarayonida Uss kamida bir marta mashinasini almashtirgan, shuningdek, bir nechta chegaralarni kesib o‘tgan.

Avvalroq Italiyaning Corriera della Sera nashri Rossiya maxsus xizmatlari Ussning qochishiga yordam bergani, La Republica esa unga Sloveniya va Serbiya orqali mashina almashtirib ketishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi. Ma’lum qilinishicha, qochoqga kamida o‘n kishi yordam bergan, italiyalik tergovchilar allaqachon ulardan ba’zilarining shaxsini aniqlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Artem Uss 2022-yil oktyabr oyida AQSh talabiga binoan Italiyada qo‘lga olingan, u neft kontrabandasi, harbiy texnologiyalarni noqonuniy eksport qilish va pul yuvishda ayblanmoqda. Mart oyida Milan sudi rossiyalikni ekstradisiya qilishni ma’qulladi va bir necha kundan keyin u uy qamog‘idan qochib ketdi. Aprel oyi boshida Krasnoyarsk gubernatori matbuot xizmati uning o‘g‘li Rossiyaga qaytgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Aleksandr Uss videomurojaat yozib, unda o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan barchaga, xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga minnatdorchilik bildirdi. Aprel oyida keyinroq Aleksandr Uss gubernatorlik lavozimini tark etayotganini e’lon qildi, chunki u federal darajada ishlashni davom ettirish taklifini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!