Rossiyalik futbol eksperti O‘zbekistonning "JCH-2026"dagi imkoniyatlarini baholadi
Rossiyalik mashhur sharhlovchi Konstantin Genich O‘zbekiston terma jamoasining bo‘lajak Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Uning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasi "JCH-2026"da sensasiya ko‘rsatishi mumkin.
“Ko‘pchilik shunday fikrda — jamoa hech bo‘lmaganda o‘z ishtiroki bilan ham e’tibor markazida bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, O‘zbekiston tarkibida Abduqodir Husanov va Abbos Fayzullayev kabi yosh va iqtidorli futbolchilar bor. Shuningdek, Eldor Shomurodov kabi tajribali futbolchilar ham jamoaga katta yordam bera oladi.
Shu bilan birga, ayrim mutaxassislar O‘zbekiston futbol federasiyasining Fabio Kannavaro tanlovi to‘g‘ri bo‘lmagan bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, Jahon chempionati kabi yirik turnirda nafaqat o‘yin sifati, balki tashkiliy va boshqaruv tajribasi ham juda muhim.
Guruh bosqichida O‘zbekiston kuchli raqiblar — Portugaliya, Kolumbiya va boshqa jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Yangi formatga ko‘ra, hatto uchinchi o‘rinni olgan jamoalar ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega.
Shu sababli, O‘zbekistondan sensasiya kutilmoqda. Jamoaga qiziqish yuqori bo‘lib, ularning o‘yini katta e’tibor bilan kuzatiladi", — dedi Genich.
