Rossiyadan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ko‘payadi

Rossiyadan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ko‘payadi

Joriy mavsumda Rossiya aviakompaniyalari parvozlarni avvalgidek iyun oyida emas, balki aprel oxiri yoki may oyining boshida amalga oshiradi.

▫️Aeroflot 2 may kuni Tamchiga reyslarni ochadi va haftasiga 4 marta parvoz qiladi (ilgari haftasiga 2 ta reys amalga oshirilardi)

▫️ Rossiya Turoperatorlari Assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Ural Airlines» 27 apreldan boshlab har kuni parvoz qiladi.

"O‘tgan yili Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarga talab yuqori bo‘lgan bo‘lsa, bu yil to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni kutayotgan sayyohlar bor. May oyida Issiqko‘lga promo-sayohat rejalashtirilgan va uning qanchalik tez jalb qilinganiga qarab, xulosa qilamiz. Bu yil ham manzil talabga ega bo‘ladi, - dedi turoperatorlardan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!