Rossiyada Yoqutistonda juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyatga izoh berildi

Rossiyada Yoqutistonda juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyatga izoh berildi

Yoqutistondagi shov-shuvli jinoyat muayyan shaxslar jinoyati, unga biror milliylik namoyishi sifatida qarash kerak emas, dedi RF prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi muxtor vakili Yuriy Trutnev. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Hech qachon inson qaysi millatdan ekanligi haqida savol bermaganman bizni shunday tarbiyalashgan va shunday davom etishi shart. Bir mamlakatda yashaymiz, birga yashaymiz, bir-birimizga yordam beramiz. Agar miyaga millatga qarab ajratishni boshlash kerak, degan g‘oya kelsa, biz barchasini barbod qilamiz. Bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Jinoyatga oid sodir bo‘ladigan hodisalarni biror milliylik namoyishi sifatida emas, balki muayyan shaxslar jinoyati sifatida ko‘rib chiqish lozim. Shuningdek, muayyan shaxslar qonunchilikka binoan jazolanishlari shart , - dedi Trutnev jurnalistlarga.

RFning Yoqutistondagi Tergov qo‘mitasining tergov boshqarmasi 17 mart kuni nomusga tegish va odam o‘g‘irlash moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Yakutsk shahrida yashovchi ayol huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qiladi.

Mahalliy OAV ko‘ngillilardan olingan xabar asosida Yoqutistonning 36 yashar fuqarosi yo‘qolgani haqida e’lon tarqatgan edi. Volontyorlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol juda kech uyiga qaytayotgan bo‘lgan va uylarning birini oldida noma’lum shaxslar uni mashinaga o‘tqazib, olib ketishgan. Jabrdiyda qiziga qo‘ng‘iroq qilishga ulgurgan.

Tez orada OAVda bosh gumondor - Qirg‘iziston fuqarosi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. U va uning sheriklari taksistlik qilishlari aytilmoqda. Bu xabar Yoqutistonda jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi: bir necha yuz norozi fuqarolar shaharning bosh maydoniga mitingga chiqdilar. Ular migrantlar nomiga yoqimsiz lozunglarni qichqirishgan va hukumatni regionda noqonuniy migrasiyaga nuqta qo‘yishga chaqirganlar.

O‘zbekiston mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Saxa Respublikasida 11 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari mehnat faoliyatini olib borishadi. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi o‘zbek diasporasi vakili Toshpo‘lat Yodgorov bilan bog‘lanishdi. Yodgorov holat xavfli emasligini, o‘zbekistonliklar hayoti va sog‘lig‘iga hech narsa tahdid qilmayotganini aytgan. Ammo bunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslikka va ehtiyoj bo‘lmasa, odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarga bormaslikka chaqirgan.

Yoqutistondagi vaziyat Rossiya Federasiyasidagi Bandlik va mehnat munosabatlari qoshidagi tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakili Saidnumon Mansurovning diqqat markazida turibdi.

Uning xabariga ko‘ra, Saxa Respublikasidagi holat barqarorlashgan.

Mehnat vazirligi chet elda mehnat huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlariga duch kelgan, hujjatsiz yoki qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga vatanga qaytishida hamda ko‘mak keyinchalik bu fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni olish bo‘yicha shart-sharoit yaratib berishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!