Rossiyada o‘zbekistonlik homilador ayolni pichoqlashdi

Rossiyada o‘zbekistonlik homilador ayolni pichoqlashdi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik homilador ayolni pichoqlashdi. Bu haqda Piter.TV huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, 11 aprel kuni polisiya 26-sonli kasalxonadan telefon orqali xabar olgan. Ularga 40 yoshli homilador ayol (16-17 xafta) qorin devorining pichoq bilan kesilgan jarohati, ingichka ichak yarasi bilan yotqizilganini aytishgan. O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs uyning kirish eshigida ayolni pichoqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!