Rossiyada qariyalarni «moyka»da ishlatish taklif qilindi

Rossiyalik deputat qariyalarni "moyka"da ishlatishni taklif qilib chiqdi.
Surgut shahar dumasi deputati Yevgeniy Barsov nafaqaxo‘rlarni avtoyuvish shoxobchalarida ishlatishni taklif qildi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, Barsovning bu taklifi jamoatchilikning keskin tanqidlariga sabab bo‘lgan.
Deputat esa bu taklifi bilan qariyalarning kundalik xarajatlarini qoplashiga yordam bermoqchiligini ma’lum qilgan. Uning fikricha, bu ish nafaqaxo‘rlar uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi mumkin.
Tirishqoq qariyalar esa oyiga 100 ming rublgacha topishi va o‘z mehnati bilan jamiyatga foyda keltirishi tayin, deydi u. Deputat, shuningdek, o‘z kuzatishlariga ko‘ra, avtoyuvish shoxobchalarida qariyalar ishlamayotganini aytgan.
Aytish joizki, 2018 yilgi daromad deklarasiyasiga ko‘ra, Barsov 10 ta sport samolyoti, 29 ta xonadon va yer uchastkalariga ega bo‘lib, o‘sha yili 33,5 million rubl foyda ko‘rgan.
So‘nggi paytlarda rus deputatlari ham o‘zimiznikilardan rang olayotganga o‘xshaydi.