Rossiyada 9 kishi izolyatordan qochib ketdi, ular orasida qotillik va bosqinchilikda gumonlanuvchilar ham bor

Rossiyada 9 kishi izolyatordan qochib ketdi, ular orasida qotillik va bosqinchilikda gumonlanuvchilar ham bor

Rossiya Federasiyasi tarkibidagi Tuva Respublikasida to‘qqiz kishi Ak-Davurak shahrida vaqtinchalik saqlash izolyatoridan qochib ketdi, deb yozadi TJournal mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib.

Qochib ketganlar navbatchi xodimni yaralagan. U sinov muddatida ishlayotgan bo‘lgan, hujumdan oldin esa mahbuslarni kiyim-kechaklar uchun omborxonaga olib borgan.

Mahbuslar orasida qotillik, talonchilik va salomatlikka qasddan og‘ir ziyon yetkazganlikda gumonlanuvchilar ham bor edi.

Tuva Respublikasi bo‘yicha IIV rahbariyati xizmat tekshiruvini tayinladi. Eng yaqin postlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Manba: oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!