Rossiya yillik byudjetining chorak qismini urushga sarflagan — Forbes

Rossiya yillik byudjetining chorak qismini urushga sarflagan — Forbes

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya shu paytgacha urushga 82 milliard dollar sarflagan. Bu uning yillik byudjetining chorak qismini tashkil etadi.

Ushbu mablag‘ning 14 milliarddan ortig‘i Ukrainaga qarshi raketa hujumlariga to‘g‘ri keladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, harbiy operasiyadan keyin to‘qqiz oy ichida Ukraina hududlariga 4 000 dan ortiq raketa uchirilgan, ularning har biri o‘rtacha qiymati 3 million dollarga teng.

Taxminan 6,6 milliard dollar artilleriya bilan ta’minlashga, 15,6 milliard dollar esa harbiylarga maosh to‘lashga sarflangan. Shuningdek, Rossiya hozirgacha Ukrainada 20,8 milliard dollarlik harbiy texnikasini yo‘qotgan.

G‘arblik harbiy ekspertlarning fikricha, Rossiyaning raketa zaxirasi sezilarli darajada kamaygan, ammo arsenal hali ham 3—4 ta yirik hujum uchun yetarli darajada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!