Rossiya Xitoyga rekord darajada neft eksport qildi

Rossiya Xitoyga rekord darajada neft eksport qildi

Joriy yilning may oyida Rossiya Xitoyga rekord darajada – qariyb 8,5 million tonna xom neft eksport qildi. Natijada ushbu yonilg‘ini Xitoyga eksport qiluvchilar orasida Saudiya Arabistonini siqib chiqarib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rossiyaning Xitoyga neft eksporti may oyida 8,42 million tonnani tashkil etgan. Xususan, Pekinga Moskvadan sutkasiga taxminan 1,98 million barrel neft yetkazib berilgan, aprel oyidagi sutkasiga 1,59 mln barreldan sezilarli ko‘p.

Nashrga ko‘ra, Rossiya Xitoyga neft eksport qiluvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallab, bir yarim yil davomida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Saudiya Arabistonini ikkinchi o‘ringa siqib chiqargan.

“Bu ma’lumotlar Rossiya G‘arb sanksiyalariga qaramay, narxlarni pasaytirishga majbur bo‘lgani va o‘z neftiga xaridor topa olganidan dalolat beradi”, deb yozadi "Reuters".

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining Xitoyga neft eksporti yiliga 8,7 foizga o‘sgan. Ar-Riyod butun oy davomida 7,82 million tonna neftni Pekinga yetkazib bergan. May oyida Braziliya Xitoyga 2,2 million tonna yuk jo‘natgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kam.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan Hindistonga neft yetkazib berish 31 barobarga oshgan. Manbalarga ko‘ra, Moskva Dehliga 30 foizlik chegirma taklif qilgan. Rossiya to‘lovlarni Hindiston rupiyasi va BAA dirhamlarida qabul qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!