Rossiya va G‘arb o‘rtasida temir parda tushmoqda — Lavrov

Rossiya va G‘arb o‘rtasida temir parda tushmoqda — Lavrov

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belarust tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi "Interfaks".

Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar 2014 yildan beri mavjud emas, o‘zaro hamkorlikning barcha mexanizmlari yo‘q qilingan. U bunda Yevropa Ittifoqini aybladi.

"Hozir bu munosabatlar yo‘qligining ajablanarli joyi yo‘q. Lekin biz hech qachon munosabatlarni tugatmaganmiz. Faqat shuni aytishim mumkinki, bundan buyon na amerikaliklarga, na YEIga ishonamiz, muhim sohalarda ularga qaram bo‘lmaslik uchun barcha zarur ishlarni qilamiz", — deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, agar G‘arb davlatlari o‘zlarining buyukligi bilan ovora bo‘lishdan bo‘shab, qandaydir takliflar bilan Rossiyaga murojaat qilsalar, Moskva ularni ko‘rib chiqadi.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!