Rossiya va AQSh tomonidan qidiruvda bo‘lgan kriminal avtoritet O‘zbekistonda qo‘lga olindi

Rossiya va AQSh tomonidan qidiruvda bo‘lgan kriminal avtoritet O‘zbekistonda qo‘lga olindi


O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya Federasiyasi va AQSh so‘roviga ko‘ra «Interpol» qidiruvida bo‘lgan 43 yoshli sobiq «qonundagi o‘g‘ri» Rafet Amirovni qo‘lga oldi. Bu haqda «Praym Kraym» xabar berdi.

Kriminal avtoritet 28 yanvar kuni ushlangan. Rossiya huquq-tartibot idoralari Amirovni 2010 yilda Moskvada 32 yoshli Ali Babayevning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Amerikaliklar uni Eron hukumati buyurtmasiga ko‘ra, eronlik muxolifatchiga suiqasd uyushtirganlikda ayblamoqda. Rafet Amirov va uning sherigi Polad Omarov muxolifatchi ayolni o‘ldirish uchun qotilni yollagan. Ammo u buyurtmani bajarishdan oldin qo‘lga tushgan va ikkalasiga qarshi ko‘rsatma bergan. Shuningdek, 4 yanvar kuni Chexiyada qo‘lga olingan Polad Omarov ham Rafetga qarshi ko‘rsatma bergan.

Rafet 2014 yilda Ozarboyjonning bosh «qonundagi o‘g‘ri»si Nodir Salifov (Guli) taklifi bilan toj kiygan edi. Ammo Guli Turkiyada o‘ldirilganidan so‘ng, uning jinoiy guruhidagilar Amirovni kaltaklab, «taxtdan ag‘darib», o‘g‘rilar oilasidan haydab yuborishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!