Rossiya O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini qayd etadi – Rossiya TIV

Tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, yo‘l qurilishi injiniringi va farmasevtika sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
"Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Buni 2022-yil uchun tovar ayirboshlash ma’lumotlari ko‘rsatmoqda - 8,7 milliard dollar (2021-yilga nisbatan o‘sish 26 foizni tashkil etdi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, bunda o‘zaro savdoning ijobiy dinamikasi saqlanib qolgan.
“Shunday qilib, birgina joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,2 foizga (1,2 milliard dollargacha) o‘sdi. Joriy qo‘shma loyihalar to‘liq hajmda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)