Rossiyada uy yondi: bir ayol va uning to‘rt farzandi halok bo‘ldi

Rossiyada uy yondi: bir ayol va uning to‘rt farzandi halok bo‘ldi

Yakutiyaning Krest-Kitil qishlog‘ida xususiy uy yonib ketdi. Natijada, bir ayol va uning to‘rt nafar farzandi vafot etdi, deb xabar beradi viloyat FVV.

Qutqaruvchilar olovni o‘chirayotganda jasadlarni topdilar. Hozirda psixologlar qurbonlarning qarindoshlari bilan ishlashmoqda.

Yong‘in paytida bir kishi jarohat olgan. Umumiy maydoni 160 kvadrat metr bo‘lgan bino zarar ko‘rgan. 

Dastlabki versiyaga ko‘ra, favqulodda vaziyatga kanalizasiya tarmog‘ining isitish simidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Hodisa tekshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!