Rossiya Ukraina bilan urushdan keyin Abxaziya va Janubiy Osetiyadan voz kechishi kerak

Rossiya Ukraina bilan urushdan keyin Abxaziya va Janubiy Osetiyadan voz kechishi kerak

Kremlning Ukraina bilan urushi tugaganidan keyin Rossiya tinchlik kelishuvi doirasida Gruziya hududini qariyb 15 yil davom etgan ishg‘olidan voz kechishi kerak. Bu haqda Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Bloomberg agentligiga bergan intervyusida malum qildi.

Prezident Ukrainaning hududiy yaxlitligi muammosini Gruziyadagi shunga o‘xshash muammoni hal qilish bilan birgalikda xalqaro miqyosda hal etish tarafdori ekanligini ochiq aytdi.

Zurabishviliga ko‘ra, Gruziya masalalari ham muzokaralar stolida turishi kerak, shunda hech kim Ukraina inqirozini Rossiya barcha bosib olingan hududlardan, jumladan Abxaziya va Janubiy Osetiyadan chekinmasdan turib hal qilish mumkin deb o‘ylamasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!