"Rossiya Qozog‘istonning nuqtai nazarini hurmat qiladi va unga bosim o‘tkazmoqchi emas" - Mariya Zaxarova ​​​​​​​

"Rossiya Qozog‘istonning nuqtai nazarini hurmat qiladi va unga bosim o‘tkazmoqchi emas" -  Mariya Zaxarova ​​​​​​​

Rossiya Qozog‘istonning dolzarb xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina mojarosi bo‘yicha nuqtai nazarini hurmat qilishi va unga bosim o‘tkazmoqchi emasligini aytmoqda. Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Lenta.ru nashriga ma’lum qilgan.

Yaqinda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Putin ishtirokidagi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zlaganida Qozog‘iston LXR va DXR mustaqilligini tan olmoqchi emasligini ma’lum qilgandi.

Rossiyalik jurnalistlar TIV rasmiy vakili Zaxarovadan To‘qayevning bayonoti bo‘yicha qanday pozisiyada ekanligini so‘ragan.

"Bizning yondashuvlarimiz turlicha bo‘lishi mumkin, go‘yoki demokratiya va plyuralizmga sodiq bo‘lgan, ammo o‘zgacha fikrga toqat qilolmaydigan G‘arb rejimidan farqli o‘laroq, biz sheriklarimizni hurmat qilamiz. Rossiya Qozog‘istonning dolzarb xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina mojarosi bo‘yicha nuqtai nazarini hurmat qiladi va unga bosim o‘tkazmoqchi emas", - deydi Zaxarova.

Shuningdek, Zaxarova Moskva kun tartibidagi milliy masalani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, biroq Nur-Sulton bilan o‘zaro hurmat va manfaat asosida til topishga urinishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!