Rossiya QK Xarkovda 90 dan ortiq yollanma askarni yo‘q qildi

Rossiya QK Xarkovda 90 dan ortiq yollanma askarni yo‘q qildi

Rossiya Qurolli Kuchlari Xarkovda 90 dan ortiq xorijlik yollanma askarni yo‘q qildi. Bu haqda payshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“Erdan yuqori aniqlikdagi qurol Xarkov shahridagi xorijlik yollanma askarlarning vaqtinchalik bazasiga zarba berdi. 90 dan ortiq jangari yo‘q qilindi”, - dedi u.

Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Aerokosmik kuchlarining armiya aviasiyasi Nikolayev viloyatining Posad-Pokrov tumanida Ukraina Qurolli Kuchlari 28-mexaniklashtirilgan brigadasining 1-bataloni vaqtincha joylashtirish nuqtasiga hujum qilgan. Natijada 60 ga yaqin millatchi va sakkizta maxsus texnika yo‘q qilingan.

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operasiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operasiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizasiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denasifikasiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan. 3 iyul kuni Lugansk xalq respublikasi to‘liq ozod qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!