Rossiya plastik mahsulotlar importini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Rossiya plastik mahsulotlar importini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Rossiya Federasiyasi Sanoat va savdo vazirligi bir martalik plastik idishlarni olib kirishni taqiqlashni taklif qilmoqda va uni ishlab chiqarishni cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi “Izvestiya” gazetasi.

Paxta tayoqchalari, bir marta ishlatiladigan idishlar, stakanlar va boshqa plastik mahsulotlar taqiqlanishi mumkin.

Qayd etilishicha, import taqiqlangan ro‘yxatda jami 28 ta tovar bor. Ularni biologik parchalanadigan analoglar, shuningdek, shisha, qog‘oz va yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlar bilan almashtirish taklif etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!