Rossiya NATO harakatlari fonida Arktikadagi harbiy ishtirokini oshiradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Arktika – muloqot hududi” forumidagi nutqidan asosiy fikrlar:
▪️Arktikada foydali qazilmalar, jumladan, nodir metallarni qazib olishni rivojlantirish zarur.
▪️NATO davlatlari Arktikani mojarolar uchun tramplin sifatida ko‘rishmoqda, “yangi yollanganlar” Finlyandiya va Shvesiya ayniqsa faol.
▪️Rossiya dunyoda eng katta muzyorar flotga ega, bu pozisiyani mustahkamlash va yangi muzyorar kemalar, jumladan yadroviy kemalarni ishga tushirish kerak.
▪️Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotlarini g‘alati deb hisoblamaslik kerak; Arktikadagi geosiyosiy kurash shunchaki kuchaydi.
▪️Rossiya G‘arb davlatlari bunga qiziqish bildirsa, Arktikada qo‘shma loyihalarga tayyor.
“Rossiyaning Arktikadagi vazifalari tarixiy miqyosda bo‘lishi kerak, o‘n yilliklar va asrlarni qamrab oladi”, dedi Putin.