Rossiya istalgan vaqtda Ukrainaga hujum qilishi mumkin — AQSh

Rossiya istalgan vaqtda Ukrainaga hujum qilishi mumkin — AQSh

Rossiya endi istalgan vaqtda Ukrainaga hujum qilishga qodir, dedi seshanba kuni Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki.

“Endi biz Rossiya istalgan vaqtda Ukrainaga hujum qila oladigan holatdamiz”, dedi u brifingda.

"Biz hozir qanday holatdamiz: Prezident Putin bu inqirozni Ukraina chegaralari bo‘ylab 100 000 rus qo‘shinini to‘plash orqali yaratgan, jumladan, yaqinda Rossiya qo‘shinlari qo‘shma mashg‘ulotlar va Ukraina sharqiy chegarasida qo‘shimcha mashqlar o‘tkazish uchun Belarusga yuborilgan", dedi u.

Psaki AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida juma kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralarni esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Blinken muzokaralarda vaziyatni tinchlantirish zarurligini ta’kidlab, vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Biroq, Psakining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya o‘z harakatlarining iqtisodiy oqibatlariga duch keladimi-yo‘qligini hal qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!