Rossiya iqtisodiyotda hech qanday quroldan foydalanmaydi – Putin

Rossiya iqtisodiyotda hech qanday quroldan foydalanmaydi – Putin

Rossiya hech qanday quroldan foydalanmaydi, iqtisodiyotda esa bu umuman istisno qilinadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Rossiya rahbari chorshanba kuni “Rossiya energetika haftasi” forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Yalpi majlis moderatori, CNBC boshlovchisi Xedli Gembl Vladimir Putinga Rossiya energiyadan qurol sifatida foydalanadimi degan savol bilan yuzlandi.
“Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Rossiya umuman hech qanday quroldan foydalanmaydi”, - deya javob berdi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
“Qayerda biz quroldan foydalanyapmiz? Qaysi mojarolarda ishtirok etyapmiz? Iqtisodiyotga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu umuman istisno qilinadi”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!