Rossiya FVV Eronga 35 tonna gumanitar yordam yetkazib berdi

Rossiya FVV Eronga 35 tonna gumanitar yordam yetkazib berdi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Il-76 samolyoti zilziladan jabr ko‘rgan Eronga 35 tonna gumanitar yordam yetkazdi.

Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Rossiya hukumati buyrug‘i bilan Urmiya shahriga umumiy og‘irligi 35 tonna bo‘lgan gumanitar yuk yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Ilya Denisov rossiyalik qutqaruvchilar tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan do‘stona xalqqa doimo yordam berishga tayyor ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!