Rossiya YEIning har qanday sanksiyalariga javob qaytaradi - Zaxarova

Rossiya YEIning har qanday sanksiyalariga javob qaytaradi - Zaxarova

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arbning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Siz juda yaxshi bilasizki, mamlakatimizning manfaatlaridan kelib chiqib, idoralararo formatlarda ishlab chiqilgan, kelishilgan va tekshirilgan munosib javob qaytarilmoqda”, - dedi Zaxarova Sputnik radiosi efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sanksiyalar sharoitida yashashga o‘rgangan.

Kuni kecha qator yirik G‘arb OAVlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar to‘plamini tayyorlashni muhokama qilishgani haqida xabar berishdi. Ular ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar texnologiya, moliya va media sohalariga taalluqli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operasiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!