Rossiya BMTdan G‘arbning o‘g‘it va donga nisbatan sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini kutmoqda

Rossiya BMTdan G‘arbning o‘g‘it va donga nisbatan sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini kutmoqda

Rossiya BMTdan G‘arbning o‘g‘it va don mahsulotlariga nisbatan sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini kutmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Moskva BMTdan Yevropa Ittifoqi va AQShdan Rossiya o‘g‘itlari va g‘allaning jahon bozoriga to‘liq yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator to‘siqlarni bartaraf etishga intilishi uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga G‘arb mas’ul ekanini aytgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning boshqa mamlakatlarga g‘alla va o‘g‘it yetkazib berishda hali ham sanksiyalar to‘sqinlik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!