Ronaldu "Yuventus"ga qaytishi mumkin

Ronaldu "Yuventus"ga qaytishi mumkin

"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga taklif qildi.

"Yuventus" yarim himoyachisi Adryen Rabyoning transferi ustida ishlayotgan "Manchester Yunayted" vakillari 37 yoshli portugaliyalikning xizmatlarini Turinga taklif qilishdi, deydi RaiSport jurnalisti Paolo Paganini.

"Yuventus" rad javobini berdi, ammo klub Krishtianu manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendeshdan ko‘plab qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yildan 2021 yilgacha "Yuventus"da o‘ynagan, o‘tgan yozda u "Manchester Yunayted"ga qaytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!