Ronaldu terma jamoadan chaqiruv olganiga munosabat bildirdi

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga taklif etilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
38 yoshli futbolchi milliy jamoa safida mashg‘ulotda ishtirok etayotgan suratini Tvitterga joyladi va unga quyidagicha izoh yozdi:
"Terma jamoaga qaytishdan va Portugaliya sharafini yana himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman!".
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)