Ronaldu: "Men futboldan ko‘ra boks yoki UFCni tomosha qilishini yoqtiraman"

Ronaldu: "Men futboldan ko‘ra boks yoki UFCni tomosha qilishini yoqtiraman"

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakkakurash sport turlarini tomosha qilishni yoqtirishini aytdi.

«Futbol o‘ynash — mening ehtirosim, biroq televizor orqali boshqa sport turlarini tomosha qilishni yoqtiraman. Tanlov qilishga to‘g‘ri kelsa, futbol o‘yinidan ko‘ra boks yoki UFC janglarini tomosha qilishni tanlayman», — deydi Ronaldu.

Krishtianu 2018 yildan buyon «Yuventus»da to‘p surib keladi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!