Ronaldu Kasilyasning rekordini takrorladi

Ronaldu Kasilyasning rekordini takrorladi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YECHL 1-turidan o‘rin olgan «Yang Boyz»ga (1:2) qarshi bahsda maydonga tushdi va gol urdi.

Portugaliyalik 36 yoshli futbolchi turnirdagi 177-o‘yinini o‘tkazib, bu ko‘rsatkich borasida «Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning rekordini takrorladi.

Ronaldu Kasilyasning rekordini takrorladi

Hujumchi «MYu»da 53ta, «Real»da 101ta, «Yuventus»da 23ta bahsda harakat qilgan va jami 135ta to‘p kiritgan.

Agar Ronaldu 30 sentyabr kuni 2-turdan o‘rin olgan «Vilyarreal» bilan o‘yinda ham maydonga tushsa, mutlaq rekordchiga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!