Ronaldinyo: “Terma jamoaning o‘yinlarini tomosha qilmoqchi emasman”

Ronaldinyo: “Terma jamoaning o‘yinlarini tomosha qilmoqchi emasman”

Fransiyaning “PSJ”, Ispaniyaning “Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldinyo milliy terma jamoaning Amerika Kubogidagi o‘yinlarini tomosha qilmasligini aytdi. Bu haqida Daryo nashri yozmoqda.

“Men birorta o‘yinni tomosha qilmoqchi emasman. Braziliyaning o‘yinlarida ishtiyoq, energiya yetishmayapti.

Terma jamoada ishlar yaxshi ketayotgani yo‘q. Kuch, fidoyilik yetishmayapti – hammasi yetishmayapti”, — dedi Ronaldinyo Cartoloucos YouTube kanalida.

Ma’lumot uchun, braziliyaliklar guruh bosqichida Kosta-Rika (25 iyun), Paragvay (29 iyun) va Kolumbiya (3 iyul) bilan o‘ynaydi.

Ronaldinyo “Oltin to‘p” sohibi (2005), shuningdek, 2004 va 2005 yillarda FIFA talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan. Braziliya terma jamoasi a’zosi sifatida 2002 yilgi Jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!