Rim papasi Livanga bormoqchi

Rim papasi Livanga bormoqchi

Rim papasi Fransisk Livanga safar qilish niyati borligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda IslamToday nashri.

«Qadrli livanliklar, sizlarning oldingizga kelish istagim kuchli... Livan yana Yaqin Sharqda birodarlik va tinchlik timsoliga aylanishi uchun duo qilishdan charchamayman», – dedi papa Bayrut portida 2020 yilning 4 avgustida yuz bergan kuchli portlash haqidagi nutqida.

Shuningdek, u jahon hamjamiyatini iqtisodiy inqirozdan qiynalayotgan Livanga va’dalar bilan emas, amaliy yordam ko‘rsatishga chaqirdi. 84 yoshli papa Fransiskning Livanga safari joriy yilning oxirigacha amalga oshishi kutilmoqda.

Livan aholisi qariyb 7 million bo‘lib, uning 40 foizini turli mazhablardagi nasroniylar tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!