“Real”ning Azar uchun atalgan so‘nggi taklifi qanday bo‘ladi?

“Real”ning Azar uchun atalgan so‘nggi taklifi qanday bo‘ladi?

Ispan nashrlarining xabar berishicha, “Real” hali-hamon “Chelsi” a’zosi Eden Azarni xarid qilishdan umidvor. Florentino Peres belgiyalik futbolchini sotib olishdan voz kecha olmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytga qadar Azar uchun jo‘natgan ikkita taklifi rad etilgan “qirollik klubi” so‘nggi, uchinchi taklifini ham tayyorlab qo‘ydi. Unga ko‘ra, “Real” futbolchi uchun “Chelsi”ga 180 mln yevro bermoqchi. Peresning fikricha, bu narx 27 yoshli futbolchi uchun yetarli bo‘ladi. Agar “aristokratlar” rahbariyati bu taklifni ham rad etsa, “Real” Azar variantiga boshqa qaytmoqchi emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!